Jamoamiz xalqaro standartlar asosida malaka oshirdi!

Jamoamiz xalqaro standartlar asosida malaka oshirdi!
Institutimiz barcha xodimlari edu.bsa.uz ta’lim platformasi orqali BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magida ishlab chiqilgan “Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘yilishining oldini olish” maxsus o‘quv treningi va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar.
Sinov yakunlariga ko‘ra, barcha xodimlarimiz tegishli sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Biz har bir xodim uchun xavfsiz, teng huquqli, sog‘lom va o‘zaro hurmatga asoslangan mehnat muhitini ta’minlashda davom etamiz!